O'zbekiston

Namanganda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Ular Koreya va Slovakiyaga ishga joylashtirish bahonasida 2 ming dollar va 40 million so‘m talab qilgan.

Namanganda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Namangan shahrida fuqarolarga xorijda ish topib berishni va’da qilib, ularning ishonchini suiiste’mol qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Namangan shahar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki holatda firibgarlik jinoyatlari fosh etilgan.

 

Birinchi holatda fuqaro M.A. o‘zini ishga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi sifatida tanishtirib, fuqarolar M.S. va A.K.ga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. U bu xizmat evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan va 1 ming dollarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushbu joyning o‘zida qo‘lga olingan.

 

Ikkinchi holatda esa fuqaro R.M. fuqaro M.B.dan Slovakiyaga ishga yuborishni tashkil etish bahonasida 40 million so‘m miqdorida kelishuv tuzgan. U ushbu mablag‘ning bir qismini — 600 AQSh dollari va 2,8 million so‘mni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, dalillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Toshkent aeroportida tillani ichki a’zolariga yashirgan yo‘lovchilar ushlandi

Ular shu tariqa 410 gramm zargarlik buyumlarini Istanbulga olib chiqib ketishga uringan.

custom img

Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari pora bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi 20 million so‘m, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili 3 ming dollar olganda ushlangan.

custom img

Toshkent va Farg‘onada 8 kilogrammga yaqin gashishning tarqalishi to‘xtatib qolindi

Sirdaryodan noqonuniy suzib o‘tgan shaxs va yana bir necha fuqaro qo‘lga olindi.

custom img

Oʻzbekistonda bir yil ichida hokimning 252 yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

Sudlar mansabdor shaxslar ishtirokidagi 153 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

custom img

Pokistondan O‘zbekistonga ilk charter yuk reysi orqali 17 tonna go‘sht olib kelindi

Havo yuk tashish hajmi bosqichma-bosqich 100 tonnagacha oshirilishi rejalashtirilgan.

custom img

Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan 4 shaxs 7–12 yilga qamaldi

Jinoyat 2025-yil aprel oyida sodir bo‘lgan.

custom img

Toshkentda FVB xodimi 1500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

U korxona rahbaridan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Xalq qabulxonalari tizimi yangilanadi: arizalarni qabul qilishdan tashqari muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘ladi

Yangi tizim doirasida hokimlik, banklar, shahar bandlik va MIB bo‘limlari hamkorligida fuqarolar tadbirkorlikka jalb qilinadi, ishsizlar hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"