O'zbekiston

Navoiyda FVB bo‘limi boshlig‘i,Surxondaryoda MIB mas’ullari,Toshkentda ikki advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda ikki advokat 14 ming dollar evaziga qamoq ehtiyot chorasi o‘rniga uy qamog‘iga o‘zgartirishni va’da qilgan.

Navoiyda FVB bo‘limi boshlig‘i,Surxondaryoda MIB mas’ullari,Toshkentda ikki advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatga asosan, tumandagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Jarqo‘rg‘on tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari va davlat ijrochisi o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda, bo‘lim ish yurituvda bo‘lgan ijro ishi doirasida 1993-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan xorijga chiqishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilib berish uchun 600 AQSh dollari hamda paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan yuritilgan ijro ishi doirasida xo‘jalikning yer maydonlarini auksion savdolarga chiqarmaslik evaziga 10 million so‘m olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bu kabi qonunbuzilish Toshkent shahrida ham qayd etilib, unda, xizmat mavqeidan foydalangan holda mo‘maygina daromad topishni reja qilgan advokatlik byurosi advokati hamda advokatlik hay’ati advokatining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

 

Xususan, ular Uchtepa tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan Olmazor tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida unga qo‘llanilgan qamoqqa ehtiyot chorasi o‘rniga tanishlari orqali uy qamog‘i ehtiyot chorasi sifatida o‘zgartirib berish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilishgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda ushbu ikki advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari va 28 orqali 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda FVB bo‘limi boshlig‘i,Surxondaryoda MIB mas’ullari,Toshkentda ikki advokat pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz