O'zbekiston

O‘zbekistondagi barcha vokzallar va stansiyalar nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi

Qaror doirasida butun respublika bo‘yicha 320 ta temiryo‘l obyektining nomi yangilanadi.

O‘zbekistondagi barcha vokzallar va stansiyalar nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi

O‘zbekistonda temiryo‘l infratuzilmasi obyektlarining nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi.

 

Hukumatning 17-oktyabr kuni qabul qilingan qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha vokzallar, stansiyalar va razyezdlarning nomlari o‘zbek tilining imlo qoidalari hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari asosida yagona lotin yozuvida bayon etiladi.

 

Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga uch oy muddatda barcha temiryo‘l obyektlaridagi peshlavhalar, axborot ko‘rsatkichlari va elektron yozuvlarni davlat tili me’yorlariga mos shaklda yangilash topshirildi.

 

Mazkur jarayon doirasida rasmiy hujjatlar, ma’lumotlar bazalari va tegishli tizimlarga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi.

 

Qarorga ilova qilingan ro‘yxatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan jami 320 ta vokzal, stansiya va razyezd nomlarini moslashtirish nazarda tutilgan.

 

Qarorning ijrosini ta’minlash mas’uliyati Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va transport vaziri Ilhom Mahkamov zimmasiga yuklatildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistondagi barcha vokzallar va stansiyalar nomlari davlat tili me’yorlariga moslashtiriladi | Zamon.uz