O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Markaz tarkibida 460 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy konferensiyalar zali ham qurilgan bo‘lib, xalqaro miqyosdagi tadbirlar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan qurilish, jihozlash va ekspozitsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

 

Mazkur yirik madaniy-ma’rifiy loyiha davlat rahbarining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga muvofiq boshlangan bo‘lib, 2018-yil Ramazon hayiti arafasida uning poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan edi. Shu davr mobaynida markaz hududida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

Inshoot milliy me’morlik an’analari va zamonaviy uslub uyg‘unligida barpo etilgan. 65 metr balandlikdagi gumbaz va 34 metrli to‘rt peshtoqli fasad markazning salobatini yanada oshirib turadi. Binoning markaziy qismida joylashgan Qur’oni karim zalida musulmon dunyosining eng qadimiy noyob nusxalaridan biri — Usmon Mushafi namoyish etiladi. Shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davriga oid muqaddas kitoblar ham o‘rin olgan.

 

Davlat rahbarining tashabbusi bilan xorijda saqlanayotgan tarixiy qo‘lyozmalar, alohida qadriyatga ega manbalar va buyumlar O‘zbekistonga qaytarildi. Markaz tarkibida 460 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy konferensiyalar zali ham qurilgan bo‘lib, xalqaro miqyosdagi tadbirlar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Markazda “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “O‘zbekiston XX asrda” hamda “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” bo‘limlari tashkil etilgan. Bu ekspozitsiyalarda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi allomalar merosi keng yoritilgan. Shuningdek, Bibi Xonim, Nodirabegim, Uvaysiy va Anbar otin singari ma’naviyat homiylari faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus bo‘limlar ham mavjud.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini ilmiy-ma’rifiy jihatdan boyitish, tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli va tushunarli shaklda tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, malakali gid va mutaxassislar tayyorlash, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Davlat rahbari markaz faoliyati orqali xalqimizning boy tarixiy, diniy va ma’naviy merosini jahon miqyosida keng targ‘ib etish muhimligini qayd etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi | Zamon.uz