O'zbekiston

Toshkentda qarovsiz go‘dakni qutqarib qolgan talaba taqdirlandi

Oliy taʼlim vaziri, hokim va FVB boshlig‘i unga minnatdorchilik bildirdi.

Toshkentda qarovsiz go‘dakni qutqarib qolgan talaba taqdirlandi

Avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 4-qavatdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan bolani 5-qavatda yashovchi talaba yigit qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

 

Maʼlum bo‘lishicha, yigit Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov bo‘lib, u Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. 

 

Vazir Muhriddin Ilashovga uning mardligi va fidoyiligini eʼtirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirgan.

 

Shuningdek, Yangihayot tumani hokimi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i ham Muhriddin Ilashov bilan uchrashib, uning mardligi va fidoyiligini yuksak eʼtirof etishdi. Uchrashuv davomida talaba yigitga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi. 

 

“Tuman hokimi Muhriddinni ana shunday mard, jasur va fidoiy farzand qilib voyaga yetkazgan ota-onasiga chuqur minnatdorchilik bildirdi”, deyiladi hokimlik Telegram kanalida.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda qarovsiz go‘dakni qutqarib qolgan talaba taqdirlandi | Zamon.uz