Jahon

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi Budapesht sammiti tayyorgarligi to‘xtatildi

Vashington muzokaralarni davom ettirish uchun har ikki tomon “hali tayyor emas” deb hisoblamoqda.

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi Budapesht sammiti tayyorgarligi to‘xtatildi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga tayyorgarlik ishlari vaqtincha to‘xtatildi. NBC News muxbiri Garret Haake’ning Oq uy manbalariga tayangan holda bildirishicha, Vashington “har ikki tomon hali muzokaralar uchun to‘liq tayyor emas” degan xulosaga kelgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh senatori Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi telefon orqali suhbat samarali o‘tgan bo‘lsa-da, Tramp uchrashuvni keyinga surish qarorini ma’qullagan. Oq uy rasmiy vakillari ham prezident yaqin orada Putin bilan sammit o‘tkazishni rejalashtirmayotganini tasdiqladi.

 

CNN’ning yozishicha, muzokaralar jarayonining to‘xtatilishiga Rossiya tomonidan ilgari surilgan “keskin talablar va maksimalist pozitsiya” sabab bo‘lgan. Ayniqsa, tomonlar Ukraina masalasida turlicha yondashuvlarga ega bo‘lib, bu qarama-qarshilik sammit tayyorgarligini sekinlashtirgani qayd etilgan.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Sergey Ryabkov ham hozircha uchrashuvning aniq sanasi yoki joyi bo‘yicha kelishuv mavjud emasligini bildirdi.

 

Tramp esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng frontdagi vaziyatni “mavjud chiziqda muzlatib qo‘yish” taklifini ilgari surgan. Mazkur tashabbusni Yevropa davlatlari ijobiy kutib olgan bo‘lsa-da, Moskva bu fikrni “avvalgi kelishuvlarga zid” deb baholagan.

 

Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQShning tezkor o‘t ochishni to‘xtatish chaqiriqlari “mojaroni yuzaga keltirgan asosiy sabablarni yashirishga urinish” sifatida ko‘rilmoqda.

 

Hozircha Budapeshtda o‘tkazilishi kutilgan Tramp–Putin uchrashuvining sanasi noma’lumligicha qolmoqda.

custom img

Isroil razvedkasi Tehron kameralarini buzib, Xomanaiy harakatlarini kuzatgan — Financial Times

Olingan tasvirlar shifrlanib, Tel-Aviv va Isroil janubidagi serverlarga uzatilgani aytilmoqda.

custom img

Pokiston nega Saudiya Arabistoniga yordam bermayapti?

Yaqin Sharqda boshlangan urush 4 kundirki davom etmoqda. Eron AQSHning Saudiya Arabistonidagi harbiy bazasiga hujum qildi. Ammo Pokiston nega Saudiyaga yordam bermayapti?

custom img

Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi

Eronning Ar-Riyoddagi AQSH elchixonasiga hujumidan so‘ng Krishtianu Ronaldu shaxsiy samolyotida Saudiya Arabistonidan Madridga yo‘l oldi

custom img

Qozog‘iston Eron masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etishga tayyor

Ma’lum qilinishicha, avval ham Olmaotada Eron bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

custom img

AQSH razvedkasi Eron tomonidan Qo‘shma Shtatlar hududiga yo‘naltirilgan ehtimoliy hujumlar haqida ogohlantirdi

Eronning AQSHga qarshi ehtimoliy tahdidi keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujumlarni o‘z ichiga olmaydi.

custom img

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Donald Tramp elchixonaga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

custom img

Dubaydan Toshkentga yo‘lovchilarsiz parvoz amalga oshirildi

Fors ko‘rfazidagi notinchlik tufayli havo hududi yopilgan Dubay xalqaro aeroportidan Toshkentga ilk texnik reys uchirildi.

custom img

"Eronga qarshi operatsiyani qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirishga tayyormiz" — Tramp

Dastlab barcha harakatlarni 3–4 hafta ichida yakunlash rejalashtirilganiga qaramasdan amaliyot muddati cho‘zilishi ham mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi Budapesht sammiti tayyorgarligi to‘xtatildi