Kanada Netanyaxuni hibsga olishi mumkin
2024 yili XJS uni hisbga olish haqida order chiqargandi.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni agar Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni hibsga olishini maʼlum qildi. Bu qaror Kanada tomonidan Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderlarini tan olish siyosatiga muvofiq qabul qilingan.
Karnining taʼkidlashicha, agar XJS Netanyaxuni G‘azodagi mojarolar bo‘yicha jinoyatda ayblab, hibsga olish haqida qaror chiqargan bo‘lsa, Kanada uni bajarishga majbur.
“Bizning davlat xalqaro huquqni hurmat qiladi. Agar sud orderi amalga kirgan bo‘lsa, u holda uni bajarish — qonuniy majburiyatdir”, — dedi u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud 2024 yil oxirida Isroilning G‘azodagi harakatlari yuzasidan Isroil va HAMAS rasmiylariga nisbatan hibs orderi chiqarish masalasini ko‘rib chiqqandi.
Ayni paytda Isroil hukumati bu daʼvolarni rad etgan va XJS qarorlarini “siyosiy bosim vositasi” deb atagan.







