O'zbekiston

Samarqandda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylandi

Voqea bo‘yicha tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Samarqandda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylandi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida kelib chiqqan mojaro yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, 13-oktabr kuni 9-A va 9-B sinf o‘quvchilari o‘rtasida telefon orqali kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ertasi kuni, 14-oktabrda, Qo‘ratepa mahallasida joylashgan Sarbozor ko‘chasida qizlar o‘rtasida janjal mushtlashuvga aylanib ketgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, voqea davomida jami 12 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.

 

Hodisa ortidan maktab ma’muriyati va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Shu bilan birga, 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik”) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur modda 1 dan 5 bazaviy hisoblash miqdorigacha jarima qo‘llashni nazarda tutadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylandi | Zamon.uz