O'zbekiston

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosi fosh etildi

DXX mazkur holat bo‘yicha Zamon.uz’ni xabardor qildi.

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Jizzax va Samarqand viloyatlarida noqonuniy dori vositalarining savdosi fosh etildi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati.

 

Jizzax shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1993-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro tegishli ruxsat hujjatlari bo‘lmagan 400 dona “Misoprostol” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va 26 dona qadoqlash qutilarini 5 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, tergov davomida Jizzax shahridagi ayollar fitnes-klubida ushbu shaxslar tomonidan tashkil etilgan yashirin dorixona-sex aniqlanib, u yerda dorilarni qo‘lbola usulda qadoqlash va sotuvga tayyorlash ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi.

 

Natijada, qadoqlash uskunasi, 141 dona tayyor kapsula, 1 040 dona soxta gologramma, 237 dona soxta shtrix-kod, 1 014 dona bo‘sh kapsula, shuningdek, turli quti va paketlar protsessual tartibda hujjatlashtirildi.

 

Shu bilan birga, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan alohida tadbirda 1998-yilda tug‘ilgan, farmatsevtika mahsulotlarini chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ menejeri ham qo‘lga olindi. U Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan, tarkibida psixotrop modda mavjud bo‘lgan 9 800 dona dori vositasini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosi fosh etildi | Zamon.uz