O'zbekiston

Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshdi

Eng katta o‘sish Yunusobod, Olmazor va Mirobodda qayd etilgan.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozoridagi tendensiyalar bo‘yicha yangilangan tahlilni taqdim etdi.

 

2025 yil sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 24,2 mingtani tashkil etdi, o‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan bitimlar soni 13,7 foizga oshgan.

 

Eng yuqori yillik o‘sish Sirdaryo viloyatida (+35,6%), Buxoro viloyatida (+20,2%) va Toshkent shahrida (+31,2%) qayd etilgan.

 

2025 yilning uchinchi choragida yurtimiz bo‘ylab jami 75,5 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 foizga va joriy yilning ikkinchi choragiga nisbatan 11 foizga ko‘p.

 

Eng katta o‘sishi Buxoro viloyati (+27,3%), Sirdaryo viloyati (+24,9%) va Toshkent shahrida (+19,9%) kuzatilgan.

 

Ikkilamchi va birlamchi bozorlar

 

Respublika miqyosida sentyabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar 0,6 foizga oshgan. Yillik hisobda, o‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan ikkilamchi bozorda bir kv.m uchun o‘rtacha narx 4,6 foizga oshgan.

 

Eng yuqori narx o‘sishi Surxondaryo (+19%), Sirdaryo (+15,8%) va Jizzax (+14,5%) viloyatlarida qayd etildi.

 

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida sentyabr oyida narxlar 0,6 foizga oshgan, biroq 2024 yil sentyabr oyiga nisbatan 1,7 foizga pasaygan.

 

Ikkilamchi uy-joy bozorida eng katta pasayish Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida kuzatildi. O‘rtacha hisobda pasayish 4,3 foizni tashkil etdi.

 

Shu bilan birga, birlamchi uy-joy ko‘chmas mulk bozorida narxlarning 3 foizga oshgani qayd etildi.

 

Birlamchi uy-joy bozorida eng yuqori narx oshishi Mirobad, Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi. O‘rtacha hisobda o‘sish 5,8 foizni tashkil etdi.

 

Ijara bozori

 

Sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxi bir kv.m uchun o‘rtacha 8,5 dollarni tashkil etdi. Eng yuqori ijara narxlari Mirobad, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida kuzatildi.

 

O‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan poytaxtdagi ijara narxlari 1,4 foizga oshgan. Eng katta o‘sish Yunusobod, Olmazor va Mirobad tumanlarida qayd etildi va o‘rtacha 4,4 %ni tashkil etdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshdi | Zamon.uz