“Geely” O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi davrni boshlab berdi
Toshkentdagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida Xitoyning “Geely” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini namoyish qildi. Kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlar elektrokrossoverlar orasida narx va sifat nisbatiga ko‘ra yetakchilik qilmoqda.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Automechanika Tashkent-2025” xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi joriy yilda ham yirik avtomobil brendlari, innovatsion texnologiyalar va yangi model taqdimotlari bilan yodda qoldi. Tadbirning eng e’tiborga molik ishtirokchilaridan biri bu — Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Geely” kompaniyasi bo‘ldi.

“Geely” bu yil O‘zbekiston bozorida ilk bor o‘zining yangi EX5 flagman modelini taqdim etdi. Mazkur model ikki versiyada ishlab chiqilgan: EX5 EV (Galaxy E5) — to‘liq elektr versiya va EX5 EM-i (Starship 7) — ilg‘or gibrid texnologiyasiga ega model.
Yangi avlod texnologiyasi va mukammal dizayn
EX5 EV (Galaxy E5) — elektrokrossoverlar orasida narx va sifat nisbati bo‘yicha yetakchilardan biri. Model yangi avlod Short Blade batareyalari bilan jihozlangan bo‘lib, bitta zaryad bilan 495 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi.

EX5 EM-i (“Starship 7”) esa Leishen EM-i Super Hybrid tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, 1,5 litrli benzin dvigateli va 160 kVt quvvatga ega elektr motorni birlashtiradi. Bu yechim avtomobilga 1000 kilometrdan ortiq yurish masofasini ta’minlaydi.
Ushbu model Geely kompaniyasining jahon bozorida taqdim etilgan ilk global avtomobili bo‘lib, xavfsizlik, texnologiya va material sifati bo‘yicha o‘z sinfining yangi standartlarini belgilab berdi. Dizayn jihatidan esa EX5 — vazmin, minimalistik va muvozanatli uslubda yaratilgan.
Aqlli platforma va xavfsizlik tizimlari
Yangi EX5 modeli GEA (Global Intelligent New Energy Architecture) platformasiga asoslangan. Bu tizim avtomobilning apparat, dasturiy va sun’iy intellekt komponentlarini yagona ekotizimda birlashtiradi.

“11 in 1” nomli intellektual kuch bloki esa dvigatel, sovutish va reduktor kabi 11 ta asosiy tizimni o‘zida mujassamlashtiradi.
EX5’ning xavfsizlik tizimi zamonaviy intellektual yechimlarga tayanadi. Xususan, unda harakatlanish bo‘lagini nazorat qilish, yo‘l belgilarini tanib olish, ko‘r zonalarni nazorat qilish, frontal to‘qnashuvning oldini olish funksiyalari va 360 gradus doiraviy ko‘rinish tizimiga ega.
Bularning barchasi Geely EX5’ni nafaqat texnologik, balki xavfsizlik jihatidan ham o‘z sinfining yetakchisiga aylantiradi.
Qulaylik va zamonaviy interyer
“Geely” har doimgidek, estetika va ichki komfortga alohida e’tibor qaratgan.
Modelning saloni keng va funksional — keng ichki makon, xotirali haydovchi o‘rindig‘i, katta multimedia displeyi hamda 16 ta dinamikli premium audio tizimi bilan jihozlangan.

Flyme Auto tizimi esa smartfon bilan uzluksiz integratsiya imkonini berib, haydovchiga avtomobilni boshqarish va unga oid ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etadi.
AI-tuning va Motion Vector Control texnologiyalari esa avtomobil harakatida yuqori barqarorlik va silliq boshqaruvni ta’minlaydi.
“Geely” – O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar
Geely EX5 modeli O‘zbekiston avtomobil bozoridagi talab va ehtiyojlarni chuqur tahlil qilgan holda ishlab chiqilgan. Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, Geely mamlakatda elektromobillar infratuzilmasini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish va ekologik transport yechimlarini joriy etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

“Geely” kompaniyasining O‘zbekistondagi debyuti — bu nafaqat yangi avtomobil taqdimoti, balki mintaqada madaniy va texnologik almashinuvning yangi bosqichi hamdir.
*Reklama huquqi asosida







