O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi

Sulton Uvays tog‘laridan topilgan dinozavr qoldiqlari bo‘r davriga mansub ekani taxmin qilinmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi

Qoraqalpog‘istonda yirik ilmiy kashfiyot amalga oshirildi — Sulton Uvays tog‘larida taxminan 75 million yil avval yashagan dinozavrning toshga aylangan suyak qoldiqlari topildi.

 

Mazkur topilma O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti olimlarining qo‘shma ekspeditsiyasi davomida aniqlangan. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, qazilmalar orasida qadimgi kaltakesakka oid umurtqa bo‘laklari, boldir suyagi va boshqa suyak qismlari topilgan.

 

Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Axmedshayevning so‘zlariga ko‘ra, topilgan qoldiqlar bo‘r davriga mansub bo‘lib, ularning aniq tasnifi xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi laboratoriya tekshiruvlaridan so‘ng e’lon qilinadi.

 

Hozircha noyob namunalar ilmiy laboratoriyalarda puxta o‘rganilmoqda. Tadqiqot yakunida topilmaning dinozavrlar evolyutsiyasi tarixidagi o‘rni aniqlanishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi | Zamon.uz