O'zbekiston

Toshkentda ichki ishlar xodimiga 50 ming dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

U kriptojinoyatni yopib qo‘yish maqsadida huquq-tartibot xodimiga 0ora taklif qilgan.

Toshkentda ichki ishlar xodimiga 50 ming dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida kriptovalyutaga oid noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi. Aniqlanishicha, to‘rt kishidan iborat jinoiy guruh xorijiy onlayn kazino platformasi orqali noqonuniy kripto-operatsiyalarni amalga oshirgan. Ular turli bank kartalari va raqamli hamyonlar orqali yirik miqdordagi mablag‘larni aylantirib kelgan.

 

Tergov davomida guruh a’zolaridan biri ishni “yopib qo‘yish” maqsadida huquq-tartibot idorasi xodimiga 50 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Mas’ul xodim pora olishdan bosh tortgan va holat yuzasidan darhol tegishli organlarga xabar bergan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi pora topshirish jarayonida qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (“Pora berish”) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Tergov jarayoni davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ichki ishlar xodimiga 50 ming dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz