O'zbekiston

Toshkentda jurnalistlar kuch bilan IIBga olib ketilgani aytilmoqda

Holat yuzasidan vazirlik matbuot xizmati izoh berdi.

Toshkentda jurnalistlar kuch bilan IIBga olib ketilgani aytilmoqda

Toshkent shahri IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda “Taftish.uz” internet nashri muxbirlari bilan bog‘liq voqea bo‘yicha tarqatilayotgan ayrim xabarlar asossizdir.

 

23-oktabr kuni Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul chog‘ida mazkur nashr vakillari hamda qabulga kelgan ayrim fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

 

Holat bo‘yicha fuqarolarning 102 qisqa raqamiga qilgan murojaati asosida voqea joyiga yetib borgan ichki ishlar xodimlari vaziyatni aniqlashtirish maqsadida tomonlarni tuman IIB binosiga olib borib, suhbat o‘tkazgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Ichki ishlar organlari bildirishicha, ularning harakatlari qonuniy huquqiy tartibda, jamoat joyida yuzaga kelgan mojaroning sabablari va ishtirokchilarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, OAV vakillarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

 

Tegishli idora “Taftish.uz” nashriga jamoatchilikni chalg‘ituvchi, “jurnalistlarga suiqasd”, “zo‘ravonlik ishlatildi”, “asossiz olib ketildi”, “uskunalar shikastlandi” kabi asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab murojaat qilgan.

 

Avvalroq Taftishuz internet nashri jurnalistlari IIBga olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda jurnalistlar kuch bilan IIBga olib ketilgani aytilmoqda | Zamon.uz