Biznesni rivojlantish banki 9 oyda mahallalarda kichik va o‘rta biznes uchun qariyb 3 yarim trillion so‘m kredit ajratdi
Bu ko‘rsatkich bankning reja bajarilishini 104 foizga yetkazgan.

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kichik biznes va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mikroloyihalarni amalga oshirish borasidagi natijalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbir davomida ta’kidlanishicha, hisobot davrida mikroloyihalarni amalga oshirish hisobiga 39 ming 236 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 45 ming 497 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.
Bankka biriktirilgan mahallalarda kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida jami 3 trillion 484 milliard 200 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich reja bajarilishini 104 foizga yetkazgan.
Shuningdek, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi (PK–312) doirasida 541,9 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari yo‘naltirilib, reja 123 foizga bajarilgan. “Biznesga birinchi qadam” dasturi asosida 243,5 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, bu dastur ham reja ko‘rsatkichlaridan 115 foizga ortiq bajarilgan.
“Mahalla tadbirkorligi” dasturi doirasida esa 101 foizli bajarilish natijasi qayd etilib, jami 796,3 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari aholiga yetkazilgan.
Tadbirda bank vakillari tomonidan kichik biznesni rivojlantirish bilan bir qatorda, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida tashkil etilgan. Shu bilan birga, mahalla bankirlari hamda yordamchi agentlar uchun SMM bo‘yicha onlayn va oflayn kurslar o‘tkazilgan.
Matbuot anjumani yakunida jurnalistlarning mavzuga oid barcha savollariga atroflicha javoblar berildi.
*Reklama huquqi asosida







