O'zbekiston

Davlat kam ta’minlangan oilalarning xususiy bog‘cha to‘lovlarining 40 foizini qoplaydi

Mablag‘lar bevosita xususiy oilaviy bog‘chalarga o‘tkaziladi.

Davlat kam ta’minlangan oilalarning xususiy bog‘cha to‘lovlarining 40 foizini qoplaydi

O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari xususiy maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaganda, davlat ularning to‘lov xarajatlarini qisman qoplab beradi. Bu tartib Adliya vazirligida 2025-yil 23-oktabr kuni 3693-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan yangi nizomda belgilab qo‘yildi.

 

Yangi tizimga ko‘ra, kompensatsiya miqdori davlat bolalar bog‘chalarida to‘lanadigan to‘qqiz soatlik kunlik to‘lov miqdorining 40 foizini tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qabul qilgan xususiy oilaviy bog‘chalarga yo‘naltiriladi.

 

Kompensatsiya oluvchi oilalar ro‘yxati maxsus axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi, bu esa jarayonning shaffof va tezkor bo‘lishini ta’minlaydi.

 

Shuningdek, xususiy bog‘chalar uchun ajratiladigan bunday joylar soni ularning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan tuzilgan shartnomasidagi umumiy qabul kvotasining 15 foizidan oshmasligi belgilangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Davlat kam ta’minlangan oilalarning xususiy bog‘cha to‘lovlarining 40 foizini qoplaydi | Zamon.uz