Jahon

Ilon Mask million kishilik robotlar armiyasini yaratmoqchi

“Optimus” robotining dastlabki ishlab chiqarish modeli 2026-yil fevral–mart oylarida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ilon Mask million kishilik robotlar armiyasini yaratmoqchi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Tesla” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Optimus” nomli insonsimon robotlardan iborat millionlik armiyani yaratish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Wired nashri xabar berdi.

 

Maskning so‘zlariga ko‘ra, “Optimus” robotining ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan prototipi 2026-yilning fevral yoki mart oylarida tayyor bo‘ladi. “Tesla” keyingi yil oxirigacha to‘liq hajmda ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirgan. Kompaniya umumiy hisobda bir millionta robot ishlab chiqarmoqchi.

 

Tadbirkor sarmoyadorlar bilan uchrashuv chog‘ida bu loyihaning miqyosini tan olarkan, robotlar armiyasi ustidan nazorat masalasiga ham to‘xtaldi.

 

“Agar men bu jarayon ustidan yetarli darajada ta’sir o‘tkaza olmasam, robotlar armiyasini yaratish menga qulay bo‘lmaydi”, — degan Mask.

 

Ekspertlar “Optimus” loyihasini sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan mehnat tizimlari rivojida yangi bosqich sifatida baholamoqda.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"