O'zbekiston

“Juda ham tushunarsiz holat bo‘lgan”

MB raisi O‘zbekiston Rossiyadan oltin sotib olayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Juda ham tushunarsiz holat bo‘lgan”

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Rossiyadan oltin sotib olayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga 24 oktyabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator rahbari Timur Ishmetov munosabat bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu umuman haqiqatdan yiroq maʼlumot.

 

“Biz hech qachon boshqa davlatlardan oltin sotib olmaganmiz va sotib olish niyatimiz yo‘q. O‘zimizga yetadigan oltinimiz bor”, dedi Ishmetov.

 

MB raisi The Economist jurnalida chop etilgan maqolani eslab, mazkur nashr bilan rasmiy muloqot bo‘lganini maʼlum qildi.

 

“Bir necha oy avval The Economist jurnalidagi maqolada shunday maʼlumot chiqdi. Biz ularga rasmiy murojaat yo‘llab, maʼlumot qayerdan olingani bo‘yicha savol qo‘ydik va noto‘g‘riligini ko‘rsatdik. Ular keyingi sonida xatosini tuzatdi. Juda ham tushunarsiz holat bo‘lgan”, - dedi u.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

“Juda ham tushunarsiz holat bo‘lgan” | Zamon.uz