O'zbekiston

O‘zbekistonlik uch nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi

Ular qalbaki mehnat shartnomalari asosida rasmiylashtirilgan.

O‘zbekistonlik uch nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi

Rossiyaning Norilsk shahrida noqonuniy yashagan uch nafar o‘zbekistonlik fuqarolar deportatsiya qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Norilskdagi “Plov House Elite” kafelar tarmog‘i O‘zbekistondan oshpazlarni yollab, ularni barjada noqonuniy olib o‘tgan, qalbaki mehnat shartnomalari tuzib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun soxta hujjatlar bilan rasmiylashtirgan.

 

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi xabariga ko‘ra, ular 22-oktyabr kuni qo‘lga olingan. Ularning hibsga olinishi Norilsk shahri chet el fuqarolari uchun kirish taqiqlangan hudud bo‘lganligi bilan bog‘liq. Shahar hududida ishlash va yashash faqat Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) ruxsati bilan amalga oshiriladi.

 

Migrantlarni noqonuniy ishga joylashtirish va qonuniylashtirishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Hozirgacha sakkiz nafar gumonlanuvchi hibsga olingan bo‘lib, jinoyatning boshqa ishtirokchilari aniqlanmoqda.

 

O‘zbekistonlik uch nafar fuqaroga ma’muriy javobgarlik qo‘llanib, ular Rossiyadan chiqarib yuborildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonlik uch nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi | Zamon.uz