Jahon

Rossiya harbiy samolyotlari Litva havo hududini buzdi

Litva prezidenti bu holatni “xalqaro huquq va mamlakatning hududiy yaxlitligiga nisbatan ochiqcha tahdid” deb atadi.

Rossiya harbiy samolyotlari Litva havo hududini buzdi

Litva rasmiylarining maʼlum qilishicha, 23 oktyabr kuni kechqurun Rossiya harbiy-havo kuchlariga tegishli ikkita samolyot — Su-30 jangari hamda Il-78 yoqilg‘i to‘ldiruvchi samolyot — mamlakat havo hududini buzgan. Ular Kaliningrad viloyatidan uchib chiqib, Litva hududiga taxminan 700 metr chuqur kirgan va 18 soniya ichida orqaga qaytgan.

 

Litva prezidenti Gitanas Nauseda bu holatni “xalqaro huquq va mamlakatning hududiy yaxlitligiga nisbatan ochiqcha tahdid” deb atadi. Hukumat Rossiya elchixonasi vakolatxonalariga rasmiy nota yuborishini maʼlum qildi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi esa ayblovlarni rad etdi va samolyotlar Kaliningrad ustidan rejalashtirilgan parvoz mashg‘ulotlarini o‘tkazayotganini bildirdi.

 

NATOning Baltik mintaqasidagi havo muhofazasi missiyasi doirasida Ishpaniya harbiy-havo kuchlariga tegishli Eurofighter samolyotlari holatga javob sifatida ko‘tarilgan.

 

Litva hukumati mazkur voqeani NATO bilan birgalikda muhokama qilib, hududiy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya harbiy samolyotlari Litva havo hududini buzdi | Zamon.uz