O'zbekiston

Jami 11 kg: Uchta viloyatda narkotik savdosi fosh bo‘ldi

DXX giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.

Jami 11 kg: Uchta viloyatda narkotik savdosi fosh bo‘ldi

Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida jami 11 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Bildirilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi shaxs belgilangan tartibni buzib, aylanma yo‘llar orqali Tojikiston Respublikasidan 8 kg 860 gr “opiy” moddasini kontrabanda yo‘li bilan mamlakat hududiga olib o‘tgan vaqtida “o‘zbek-tojik” davlat chegarasini qo‘riqlayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, giyohvandlik vositasini tashlab, nomaʼlum tomonga qochgan.

 

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida og‘ufurush qo‘lga olingan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida Urgut tumanida yashovchi shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

 

Surxondaryo viloyatida qayd etilgan holatda Denov tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshirilganda uning yonida 31 gr “opiy” moddasi borligi maʼlum bo‘lgan.

 

Shundan so‘ng u ajal og‘usini Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan sotib olganligi aniqlanib, mazkur narkosavdogarning yashash xonadonidan ham 1 kg 483 gr “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda Gurlan tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun ikki marotaba sudlangan shaxs 877 gr “gashish” moddasini xaridorga 14 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jami 11 kg: Uchta viloyatda narkotik savdosi fosh bo‘ldi | Zamon.uz