O'zbekiston

O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Agentlik texnikumlar faoliyatini va kasb-hunar ta’limi dasturlarini boshqaradi.

O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qarorga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Yangi tuzilma mamlakatda kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish, texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan.

 

Agentlik zimmasiga kasbiy ta’lim dasturlarining mazmunini ishlab chiqish, malaka darajalari va o‘qish muddatlarini belgilash, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlarini shakllantirish, shuningdek, o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘yicha yagona standartlarni joriy etish vazifalari yuklatildi.

 

Qarorga ko‘ra, hududlarda tadbirkorlar kengashlari tashkil etilib, ular mahalliy mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda kasbiy o‘quv jarayonini yo‘naltiradi.

 

Shuningdek, Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi vaucher tizimiga kirmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishni amalga oshiradi.

 

2027-yil 1-yanvardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlarida ishga joylashish bosqichma-bosqich Milliy malaka doirasi talablariga bog‘lanadi. Bunda nomzodlar tegishli diplom yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

 

Bundan tashqari, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘z xizmatlari uchun bozor narxlarini mustaqil belgilash va malakali mutaxassislarni shartnoma asosida bevosita jalb etish huquqi beriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi | Zamon.uz