O'zbekiston

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

So‘nggi paytlarda “Telegram”dagi ayrim kanallarda hujjatlarni “tez va arzon” tayyorlab berishni va’da qilayotgan jinoiy guruhlar faoliyati kuchaygan.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasida yashayotgan vatandoshlarni internetdagi soxta e’lonlar va qalbaki hujjatlar bilan bog‘liq firibgarliklardan ogohlantirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, “Telegram” ilovasidagi ayrim kanallarda “hujjatlarni tez va arzon rasmiylashtirish”ni taklif qiluvchi firibgar guruhlar faollashgan.

 

Vazirlikning xabar berishicha, Rossiyada joylashgan O‘zbekiston konsullik muassasalariga soxta hujjatlar taqdim etish bilan bog‘liq bir qator holatlar qayd etilgan. Jumladan, Qozon shahridagi Bosh konsullik tomonidan O‘zbekiston fuqarosi nomiga qalbaki “Vatanga qaytish guvohnomasi” olishga urinish va soxta nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holatlar aniqlangan va Rossiya qonunchiligi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, boshqa bir fuqaro qalbaki nikoh hujjati asosida bola uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olgani ma’lum bo‘lgan.

 

Vazirlik barcha O‘zbekiston fuqarolarini rasmiy hujjatlarni faqat vakolatli davlat organlari – elchixonalar, konsulliklar va FHDYo bo‘limlari orqali rasmiylashtirishga chaqirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi | Zamon.uz