O'zbekiston

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2025-yil 9 oyida 11,7 trillion so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi

Shundan 6,4 trillion so‘mi davlat byudjetiga o‘tkazilgan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2025-yil 9 oyida 11,7 trillion so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi

O‘zbekistonning yirik bojxona idoralaridan biri – Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, shuningdek, respublikamizning butun bojxona xizmati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatimizning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat, xususan, eksport va import uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

 

Joriy yilning bugungi kuniga qadar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va ‘yashil’ iqtisodiyot yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

 

2025 yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma tomonidan jami 11,7 trln so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 5,3 trln so‘m imtiyozlar berildi, qolgan 6,4 trln so‘m davlat byudjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi.

 

Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolari tashkil etadi.

 

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 1,7 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi.

 

Eksport qilingan asosiy hamkor davlatlar – Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston va Belarusdir.

 

Eksport qilingan asosiy tovarlar: metall va ularning mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari va ehtiyot qismlar, kimyo-sanoat va to‘qimachilik mahsulotlari hisoblanadi.

 

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postida 2025 yilning 9 oyi davomida jami 244 945 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.

 

Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha tahlilga ko‘ra, deklaratsiyalarning 16,2 foizi “yashil yo‘lak”, 67,6 foizi “sariq yo‘lak”, 16,1 foizi esa “qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirilgan.

 

Sodda qilib aytganda, boshqarmada tadbirkorlarning 83 foiz yuklari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha bo‘linmalar, guruhlar va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Boshqarma tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.

 

Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 40 ta holatda 150 kg dan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish yo‘nalishida 3 498 ta holatda 92 mlrd 792 mln so‘mlik tovarlar ushlab qolindi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 40,5 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

 

Bugungi kunda xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘liq ta’minlash, mahsulotlarni qayta ishlashni kuchaytirish orqali eksportni ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘nalishlarida hududdagi tashkilotlarga borib uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

 

Raqamlarga ko‘ra, 2025 yil boshidan bugungi kungacha Toshkent viloyatidagi 62 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xorijdan olib kelingan qiymati 192 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 254,76 ming tonna xomashyo “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan.

 

Qayta ishlangandan so‘ng qiymati 126 mln AQSh dollariga teng va og‘irligi 135,24 ming tonna bo‘lgan tayyor mahsulotlar xorijga eksport qilingan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2025-yil 9 oyida 11,7 trillion so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi | Zamon.uz