Toshkentda kiyim do‘koni yonib ketdi
Do‘kon 9 qavatli binoning 1-qavatida joylashgan bo‘lgan.

Bugun, 25-oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan kiyim do‘konlaridan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 15:24 da Chilonzor tumani Qizil Sharq dahasida joylashgan Kiyim do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:37 da o‘chirilgan.
Aniqlanishicha, aytilgan manzilda 9 qavatli binoning birinchi qavatida joylashgan kiyim do‘koni 10 kvadrat metr maydonda yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q







