O'zbekiston

Tramp Kolumbiya rahbarini “qoradori savdogari” deb atadi

Kolumbiya TIV bu bayonotni “hurmatsizlik” deb baholadi.

Tramp Kolumbiya rahbarini “qoradori savdogari” deb atadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kolumbiya rahbari Gustavo Petroni “giyohvand moddalar savdogari” deb atadi va uni mamlakatda narkotik ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda AP News va Reuters nashrlari xabar berdi.

 

Tramp bayonotida Kolumbiyani “giyohvandlik imperiiyasiga aylangan davlat” deb atadi hamda agar u yana hokimiyatga qaytsa, bu mamlakatga nisbatan amaldagi yordam dasturlarini to‘xtatishini va yangi boj to‘lovlarini joriy etishini bildirdi.

 

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro esa bu ayblovlarni keskin rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kolumbiya so‘nggi yillarda giyohvand moddalar ishlab chiqarishni qisqartirish, qishloq joylarda alternativ iqtisodiy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirgan.

 

Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi ham Trampning bayonotini “hurmatsizlik va davlat suverenitetini buzish” deb baholadi.

 

Muttaxassislar fikricha, ushbu mojaro AQSH va Kolumbiya o‘rtasidagi anʼanaviy hamkorlikka, ayniqsa narkotiklarga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tramp Kolumbiya rahbarini “qoradori savdogari” deb atadi | Zamon.uz