Jahon

Janubiy Koreyada noqonuniy muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlandi

Yil boshidan buyon 26 nafar o‘zbekistonlik E-9 vizasi shartlarini buzganlik uchun jazoga tortilgan.

Janubiy Koreyada noqonuniy muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlandi

Janubiy Koreya hukumati mamlakat hududida noqonuniy yashayotgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va immigratsiya tartiblarini mustahkamlash maqsadida yirik ko‘lamli reydlarni boshladi.

 

Adliya vazirligi, milliy politsiya, dengiz politsiyasi hamda Mehnat va transport vazirliklari hamkorligida o‘tkazilayotgan tekshiruvlar 12-dekabrgacha davom etadi. Tadbirlar noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan chet elliklar, vositachilar hamda mamlakatda ruxsatsiz istiqomat qilayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan.

 

Ayniqsa, 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan APEC Koreya sammiti arafasida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi munosabati bilan Kyonju shahri va unga tutash hududlarda nazorat kuchaytirildi.

 

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, immigratsiya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan jarima, deportatsiya va mamlakatga kirishni cheklash chorasi qo‘llanadi. Shu bilan birga, Adliya vazirligi reydlar jarayonida xorijliklarning inson huquqlari to‘liq ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, muhojirlarga o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etish yoki huquqiy maqomini qonuniylashtirish tavsiya etildi. Rasmiylar bu usul kelgusida og‘irroq huquqiy oqibatlarning oldini olishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

 

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon 26 nafar o‘zbekistonlik fuqaroga E-9 vizasi shartlarini buzganlik uchun jarima qo‘llanilgan. Uch tomonlama kelishuvga muvofiq, har bir noqonuniy o‘tgan oy uchun 2000 AQSh dollari miqdorida jarima belgilangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreyada noqonuniy muhojirlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlandi | Zamon.uz