O'zbekiston

Toshkent shahri va viloyatida havo ifloslanishiga qarshi kompleks choralar ishlab chiqildi

Loyiha sanoat va issiqxonalardan chiqayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirishga qaratilgan.

Toshkent shahri va viloyatida havo ifloslanishiga qarshi kompleks choralar ishlab chiqildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan poytaxt va unga tutash hududlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, iqlim o‘zgarishiga bog‘liq xavflarni kamaytirish maqsadida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olish va iqlim o‘zgarishining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan bo‘lib, unda hududdagi asosiy ekologik muammolardan biri — sanoat korxonalari hamda issiqxona xo‘jaliklaridan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Qaror loyihasi doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

 

  • sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang hamda gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish;

 

  • issiqxonalarda eskirgan, me’yoriy talablarga javob bermaydigan qozonlarni energiya samarador, ekologik toza tizimlarga almashtirish;

 

  • ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish va alternativ energiya manbalariga o‘tish;

 

  • korxonalarga ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, tozalash inshootlari va avtomatik havo monitoringi tizimlarini joriy etishda moliyaviy rag‘batlar (shu jumladan, grantlar) berish.

 

Ushbu tashabbuslarning amalga oshirilishi havo ifloslanishini sezilarli darajada kamaytirish, ekologik xavfsizlikni oshirish hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun sog‘lom va qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, ekologik me’yorlarni kuchaytirish O‘zbekistonning iqlim barqarorligini mustahkamlash va “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga o‘tish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.