O'zbekiston

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda 16 ta to‘g‘ri javob topish kifoya

“A” va “B” toifalarida nazariy mashg‘ulotlar majburiyati bekor qilinadi.

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda 16 ta to‘g‘ri javob topish kifoya

Moped va skuter egalari uchun haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi. Vaqt va moliyaviy yukni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan yangi qaror qabul qilindi, deb xabar beradi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

 

2026-yil 1-yanvardan “A1” kichik toifali guvohnoma joriy etiladi. Endilikda nazariy va amaliy kurslarda qatnashmasdan, mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, 20 savoldan 16 tasiga to‘g‘ri javob berganlar guvohnomaga ega bo‘lishadi. Shuningdek, “A”, “B”, “C” va “D” toifali haydovchilar “A1” toifadagi transport vositalarini alohida guvohnomasiz boshqarishi mumkin.

 

2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifalarida nazariy mashg‘ulotlar majburiyati bekor qilinadi. Talabgorlar uydan onlayn yoki o‘quv markazlarida oflayn tarzda tayyorlanib, guruh to‘lishini kutmasdan amaliy mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin.

 

2026-yil 1-apreldan jarima ballari tizimi ham yangilanadi. Endilikda yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ballar ruldagi haydovchiga yoziladi, avtomobil egasiga emas. Shuningdek, ijaraga berilgan avtomobillar bo‘yicha jarima balini real haydovchiga taqsimlash imkoniyati yaratiladi.

 

Yangi tartib moped va skuter haydovchilari uchun qulaylik yaratib, avtomaktablardagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi va barcha haydovchilarni mas’uliyatli bo‘lishga chorlaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“A1” guvohnomasini olish uchun imtihonda 16 ta to‘g‘ri javob topish kifoya | Zamon.uz