O'zbekiston

Hokimlik: Bobur ko‘chasida daraxtlar “qurib borayotgan edi”

Toshkentda 144 tup daraxtning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi.

Hokimlik: Bobur ko‘chasida daraxtlar “qurib borayotgan edi”

 

Toshkent shahar hokimligi Bobur ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonida ayrim e’tiborsizlik holatlari kuzatilganini ma’lum qildi.

 

Xususan, 83 tup piramidasimon gujum (eliks) va 62 mingdan ortiq manzarali buta ko‘chatlarini ekish ishlari doirasida avval o‘sib turgan o‘simliklar bilan bog‘liq faoliyatda belgilangan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlangan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda ilgari 145 tup archa mavjud bo‘lgan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ularning aksariyati kasallikka chalinib, qurish bosqichida bo‘lgan. Dastlab daraxtlarni ehtiyotkorlik bilan ko‘chirib o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, ayrim mas’ullar bu jarayonda talablarni buzgan.

 

Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Natijalarga ko‘ra, qonuniy choralar ko‘rilishi bildirilgan.

 

Toshkent shahar hokimligi barcha obodonlashtirish ishlari qulay, xavfsiz va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilganini ta’kidlab, shahar aholisi tomonidan tabiatni asrash masalasiga e’tibor bilan qaralayotganini yuqori baholadi va minnatdorchilik bildirdi.

 

Avvalroq, Ekologiya vazirligi maslahatchisi Rasul Kusherbayev ma’lum qilishicha, 25-oktabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Bobur ko‘chasidagi daraxtlarning noqonuniy kesilgani haqidagi videolavha tarqalgan edi.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlar Yakassaray tumani hokimining o‘rinbosari topshirig‘i bilan Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tungi vaqtda kesilgan. Ushbu harakat 2019-yilda Prezident farmoni bilan joriy etilgan daraxtlarni kesish bo‘yicha moratoriy talablariga zid hisoblanadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Hokimlik: Bobur ko‘chasida daraxtlar “qurib borayotgan edi” | Zamon.uz