Jahon

Kamala Harris: “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishim ehtimoldan xoli emas”

AQSH sobiq vitse-prezidenti 2028-yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi.

Kamala Harris: “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishim ehtimoldan xoli emas”

AQSH sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris kelgusida prezidentlikka nomzodini qayta ilgari surish ehtimolini rad etmadi. BBC nashriga bergan intervyusida u siyosatdan butunlay chetlanish niyatida emasligini, jamoat xizmatini o‘z hayotining ajralmas qismi deb bilishini ta’kidladi.

 

“Men butun faoliyatimni odamlarga xizmat qilishga bag‘ishlaganman. Bu mening tabiatimda bor va bundan voz kecha olmayman”, — dedi u.

 

Harrisdan “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishingiz mumkinmi?” deb so‘ralganida siyosatchi “Ehtimol, ha”, deya javob qaytardi. Shu bilan birga, u hozircha prezidentlik saylovida ishtirok etish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirdi.

 

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2028-yilda o‘tkaziladi. Harris o‘zining keyingi siyosiy qadamlari haqida hali yakuniy fikrga kelmaganini, biroq mamlakat ravnaqi yo‘lida faol bo‘lish niyatida ekanini qayd etdi.

 

Shuningdek, u Demokratik partiyada o‘z nomzodi “kuchsiz” deb baholanishi haqidagi fikrlarga javoban, “Men so‘rov natijalariga emas, ishonch va harakatga tayanganman”, deya bildirdi.

 

Intervyu davomida Kamala Harris amaldagi prezident Donald Tramp faoliyatini ham tanqid qilib, uni davlat institutlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanayotganlikda aybladi.

 

So‘nggi saylovda Harris 48,43 foiz ovoz to‘plagan, biroq Tramp ustunlikni qo‘lga kiritgandi. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, Harrisning so‘nggi bayonoti uning 2028-yilgi saylovlarga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborganidan darak beradi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Kamala Harris: “Oq uyni boshqaradigan birinchi ayol bo‘lishim ehtimoldan xoli emas” | Zamon.uz