O'zbekiston

Kamerunda 92 yoshli prezident 8-marta lavozimiga qayta saylandi

U 1982 yildan beri hokimiyat tepasida turibdi va bu uning navbatdagi muddati bo‘ladi.

Kamerunda 92 yoshli prezident 8-marta lavozimiga qayta saylandi

Kamerunning Konstitutsiyaviy Kengashi 92 yoshli amaldagӣ prezident Pol Biyya mamlakat rahbari etib qayta saylanganini rasman eʼlon qildi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Biyya 53,66 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. U 1982 yildan beri hokimiyat tepasida turibdi va bu uning navbatdagi muddati bo‘ladi.

 

Saylov natijalarini asosiy muxolif nomzod Issa Chiroma Bakaiyri tan olmadi. U o‘z hisob-kitoblariga ko‘ra g‘olib ekanini bildirdi va hukumatni ovozlarni soxtalashtirishda aybladi. Natijalar eʼlon qilingach, poytaxt Yaunde va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari boshlandi. Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, ayrim to‘qnashuvlarda bir nechta odam halok bo‘lgan, yuzlab fuqarolar esa qo‘lga olingan.

 

Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonida ayrim kamchiliklar bo‘lganini qayd etgan. Ayrim hisobotlarda byulletenlarni sanash jarayonida shaffoflik yetishmagani va davlat resurslaridan prezident foydasiga ishlatilgani aytilgan.

 

Maʼlumot uchun, Pol Biyya dunyodagi eng uzoq vaqt hokimiyatda qolgan yetakchilardan biri hisoblanadi. 43 yildan ortiq boshqaruv davomida u mamlakatda nisbatan siyosiy barqarorlikni saqlab kelayotgan bo‘lsa-da, yosh avlod islohotlar va siyosiy yangilanishni talab qilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Kamerunda 92 yoshli prezident 8-marta lavozimiga qayta saylandi | Zamon.uz