Jahon

Pokiston–Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Islomobod “Tolibon”ni jangarilarga qarshi chora ko‘rmayotganlikda aybladi.

Pokiston–Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Pokiston armiyasi ma’lum qilishicha, 24–25 oktabr kunlari Afg‘oniston bilan chegaradosh Kurram va Shimoliy Vaziriston hududlarida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida besh nafar pokistonlik harbiy va 25 nafar jangari halok bo‘lgan. Bu haqda “Al Jazeera” nashri Pokiston Qurolli kuchlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar Afg‘oniston hududidan Pokiston tomon o‘tishga uringan. Islomobod “Tolibon” hukumatini o‘z hududida faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlar faoliyatiga qarshi yetarli chora ko‘rmayotganlikda aybladi.

 

Kobul esa bunday da’volarni qat’iyan rad etib, Pokiston tomonidan amalga oshirilayotgan harbiy amaliyotlar Afg‘oniston suverenitetini buzayotganini bildirdi.

 

Joriy oyning boshida Istanbulda ikki tomon vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, chegara hududida takroriy to‘qnashuvlarning oldini olish masalasi muhokama qilingan edi. Biroq so‘nggi hodisa 2021-yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan buyon eng keskin harbiy to‘qnashuvlardan biri sifatida baholanmoqda.

 

Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asifning ta’kidlashicha, agar diplomatik muloqot natija bermasa, mamlakat ochiq harbiy javob choralari ko‘rishga tayyor.

 

Pokiston harbiylari so‘nggi to‘qnashuvlarda ishtirok etganlarni “Fitna al-Xavorij” deb atadi — bu atama xorijiy g‘oyalar ta’siridagi qurolli guruhlarga nisbatan ishlatiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pokiston–Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz