Jahon

Rossiyada migrantlarning 35 foizi rus tili imtihonidan o‘ta olmadi

Imtihonlar mamlakatning 203 ta punktida, shuningdek, O‘zbekiston va Tojikistonda ham o‘tkazilmoqda.

Rossiyada migrantlarning 35 foizi rus tili imtihonidan o‘ta olmadi

Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijlik mehnat migrantlarining uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘ta olmadi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar berdi.

 

2025-yil iyul–sentyabr oylarida o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan 275,6 ming nafar chet ellik fuqarolarning qariyb 35 foizi birinchi urinishda imtihonni topshira olmadi. Shu bilan birga, rus tilidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlar ulushi 87 foizni tashkil etdi.

 

Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi darajali attestatsiya talab etiladi — bu darajada faqat til bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini (RVP) olish uchun, uchinchi bosqich esa doimiy yashash guvohnomasini (VNJ) olish uchun zarur bo‘lib, ularga Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha testlar ham kiradi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, imtihon topshirish uchun mamlakat bo‘ylab 203 ta maxsus punkt tashkil etilgan. Shuningdek, test markazlari Rossiya tashqarisida ham, xususan, Tojikiston va O‘zbekiston hududlarida ham faoliyat yuritadi.

 

Avvalroq ayrim toifalardagi migrantlar uchun rus tili imtihoni talablari soddalashtirilgani ma’lum qilingan edi. Bunga vatandoshlarni ko‘ngilli ravishda qaytarish dasturi ishtirokchilari hamda Rossiyaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan va mamlakatning an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga hurmat bilan qaraydigan shaxslar kiradi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada migrantlarning 35 foizi rus tili imtihonidan o‘ta olmadi | Zamon.uz