O'zbekiston

Toshkentda haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol bir yarim yilga qamaldi

Jabrlanuvchi yengil miya chayqalishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol bir yarim yilga qamaldi

 

Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi natijasida yuzaga kelgan nizoli holat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Aprel oyida Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.

 

Voqeaga ko‘ra, Spark va Matiz avtomobillari o‘rtasida sodir bo‘lgan kichik YTHdan so‘ng, Spark haydovchisi ayol o‘zini yo‘qotib, temir bolg‘a bilan Matiz haydovchiga hujum qilgan. Videolavhada ayol mashinasidan tushib, Matiz oynalarini sindirishi va jabrlanuvchining boshiga bir necha marta zarba berishi aks etgan. Jarohat olgan erkak shifoxonaga yotqizilgan va engil miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan.

 

Sud jarayonida har ikki tomon bir-birini provokatsiya va zo‘ravonlikda aybladi. Jabrlanuvchi o‘zini xotirjam tutganini ta’kidlagan bo‘lsa, ayol Spark haydovchisi tomonidan qo‘zg‘atilganini va mashinada bo‘lgan alyuminiy bolg‘ani ishlatib javob berganini ma’lum qilgan.

 

Oliy sud ayolni 277-modda (bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topib, bir yil olti oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, sud unga jabrlanuvchiga yetkazilgan 5 million 300 ming so‘m tovonni to‘lash majburiyatini yukladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda haydovchiga bolg‘a bilan hujum qilgan ayol bir yarim yilga qamaldi | Zamon.uz