O'zbekiston

Toshkentda salkam 200 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Buning oqibatida tabiatga 1.46 mlrd so'mlik zarar yetkazilgan.

Toshkentda salkam 200 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 25-oktabr kuni tunda “daraxtlarning kesilganlik holati” aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya vazirligi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida jami 174 tup daraxt va buta kesilgani aniqlandi. Ekologiya inspektori tomonidan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 460 million 952 ming so‘m etib belgilandi.

 

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash uchun prokuratura organlariga yuborildi.

 

Toshkent shahar hokimligi rahbariyati vaziyatni o‘z nazoratiga olib, atrof-muhitga zarar yetkazgan mas’ullarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi uchun Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, hokimlik tomonidan kesilgan daraxtlarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida 62,1 ming dona buta va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgani bildirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda salkam 200 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi | Zamon.uz