Jahon

Yana 2,5 yil sabr qilsak, elektr tanqisligi tugaydi — Japarov

Qirg‘izistonda 40 dan ortiq yangi GES va issiqlik stansiyalari qurilmoqda.

Yana 2,5 yil sabr qilsak, elektr tanqisligi tugaydi — Japarov

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 27-oktabr kuni Jalolobod viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorako‘l gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida so‘zga chiqdi. Davlat rahbari marosimda mamlakat energetika tizimidagi islohotlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, Qorako‘l GESning ishga tushirilishi Qirg‘izistonning energetik xavfsizligini mustahkamlash va milliy iqtisodiyot barqarorligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.

 

“Qish mavsumida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin. 30 yil chidadik, yana ikki yarim yil sabr qilamiz. Bu davr yakunlangach, mamlakatimiz elektr energiyasini import qilishdan voz kechadi”, — dedi Japarov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha belgilangan muddatdan besh oy oldin yakunlanib, mahalliy “Jagalmay” kompaniyasi tomonidan milliy resurslardan foydalangan holda amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, hozirda mamlakat bo‘ylab 40 ga yaqin kichik va o‘rta GESlar, hamda Qora-Keche issiqlik elektr stansiyasi qurilayotgani bildirildi. Ushbu inshootlar to‘liq ishga tushgach, Qirg‘iziston nafaqat elektr importini to‘xtatadi, balki energiya eksport qiluvchi davlatga aylanishi rejalashtirilmoqda.

 

“Tabiiy resurslarimizdan oqilona foydalanish boshlanganini bugun yaqqol ko‘rmoqdamiz. Qorako‘l GES – mamlakatimiz energetik mustaqilligi yo‘lidagi muhim bosqich”, — dedi Prezident Japarov.

 

Ma’lumot uchun, Qorako‘l gidroelektr stansiyasi Qorasuv daryosida barpo etilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Loyihaga ko‘ra, GES 15 yil faoliyat yuritganidan so‘ng davlat balansiga o‘tkaziladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yana 2,5 yil sabr qilsak, elektr tanqisligi tugaydi — Japarov | Zamon.uz