Jahon

Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston banklariga cheklovlar joriy etdi

Cheklovlar Rossiya bilan moliyaviy hamkorlik qilgan banklarga nisbatan joriy etildi.

Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston banklariga cheklovlar joriy etdi

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-bosqichi doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi ayrim moliya institutlariga nisbatan cheklov choralarini e’lon qildi. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya banki VTBning Qozog‘istondagi filiali, Qirg‘izistonning Tolubay va Yevroosiyo jamg‘arma banklari, shuningdek, Tojikistonning Dushanbe City Bank, Spitamen Bank va Commerzbank moliya muassasalari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Shuningdek, Belarusda faoliyat yuritayotgan VTB, Sberbank, Alfa-Bank, BelVEB va Belgazprombank filiallari ham cheklovlarga duch keldi. YeI sanksiyalari Payeer to‘lov tizimini ham qamrab oladi.

 

Mazkur chora-tadbirlar 2025-yil noyabr–dekabr oylarida kuchga kiradi.

 

Yangi sanksiya paketi, shuningdek, 2027-yilgacha Rossiyadan suyultirilgan gaz importini bosqichma-bosqich taqiqlash, Rossiyaning “soya floti” deb ataluvchi 117 ta tankerini qora ro‘yxatga kiritish va “Rosneft” hamda “Gazprom neft” bilan operatsiyalarni to‘liq to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.

 

Bundan tashqari, Bryussel Rossiyaga sanksiyalardan qochishda yordam berayotgan deb topilgan 45 ta kompaniyaga nisbatan ham cheklov kiritgan — ular orasida Xitoy va Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan 12 ta tashkilot mavjud.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston banklariga cheklovlar joriy etdi | Zamon.uz