O'zbekiston

Janubiy Koreyada terrorchilik faoliyatini moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

29 yoshli fuqaro xayriya loyihasi niqobi ostida ekstremistik guruhlarga 665 ming dollar o‘tkazgan.

Janubiy Koreyada terrorchilik faoliyatini moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda ayblanib hibsga olindi. U xayriya tashkiloti niqobi ostida ekstremistik guruhlarga mablag‘ yo‘naltirganlikda gumon qilinmoqda.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchi African Well nomli soxta xayriya loyihasi orqali kriptovalyuta (Tether – USDT) ko‘rinishida mablag‘ yig‘ib, ularni “Katiba Tavhid val Jihod” va “Hamas” terrorchilik tashkilotlariga o‘tkazgan. Yig‘ilgan mablag‘ miqdori 952 million vonni (taxminan 665 ming AQSh dollari) tashkil etgan — bu mamlakatda shu turdagi eng katta holat sifatida qayd etilgan.

 

O‘zbekistonlik shaxs ilgari ham terrorizmni moliyalashtirishda gumon qilingan va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan qidiruvga berilgan edi. Elchixona uning pasportini bekor qilganidan so‘ng, Janubiy Koreya politsiyasi maxsus operatsiya davomida gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

 

Tekshiruv natijasida gumonlanuvchining sakkizta telefon va bir nechta elektron qurilmalari musodara qilindi. Shuningdek, u bir necha ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan, diniy niqob ostida terrorchilikka da’vat etuvchi xabarlarni tarqatgani aniqlangan.

 

Hozirda tergov organlari gumonlanuvchining Janubiy Koreyadagi ehtimoliy sheriklarini aniqlash va mablag‘larning yakuniy manzillarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Janubiy Koreyada terrorchilik faoliyatini moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi | Zamon.uz