Keniyada bortida 12 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, halokatdan hech kim omon qolmagan.

Keniyaning sharqiy qismida joylashgan Kvale okrugida turistlar qatnaydigan yo‘nalishda parvoz qilgan kichik yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Keniya fuqarolik aviatsiyasi maʼmuriyati maʼlumotlariga ko‘ra, samolyotda umumiy hisobda 12 nafar kishi bo‘lgan. Samolyot Diani shahridan havoga ko‘tarilib, Mashhur Masai-Mara milliy qo‘riqxonasi yaqinidagi xususiy aerodromga yo‘l olgan edi.
Hodisa sodir bo‘lgan hududda qutqaruv va tergov ishlari boshlangan. Hozirda halok bo‘lganlar soni va ularning shaxsi to‘g‘risida rasmiy maʼlumotlar aniqlanmoqda. Omon qolganlar bor-yo‘qligi haqida ham rasmiy bayonot berilmagan.
Mutaxassislar halokat sabablari orasida ob-havo sharoiti, texnik nosozlik yoki inson omillarini ko‘rib chiqmoqda.







