Netanyaxu G‘azoga kuchli zarbalar berishni buyurdi
Bu qarorga Rafah shahridagi isroillik askarlarga qilingan hujum sabab bo‘lgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bir necha bor buzilgani haqidagi maʼlumotlardan so‘ng harbiylar bilan maslahatlashuv o‘tkazdi va G‘azo sektoriga kuchli zarbalar berish haqida topshiriq berdi. Bu haqda bosh vazir devoni rasmiy bayonotida maʼlum qilindi.
“Xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunida bosh vazir Netanyahu harbiy rahbariyatga G‘azo sektoriga darhol kuchli zarbalar berishni buyurdi”, — deyiladi xabarda.
The Times of Israel nashrining yozishicha, bu qarordan avval G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida isroillik askarlar o‘qqa tutilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ayni vaqtda vaziyat keskinligicha qolmoqda. Harbiy amaliyotlar doirasida qo‘shimcha harakatlar ehtimoli ham inkor qilinmayapti.







