O'zbekiston

“Salom, O‘zbekiston!”: Samarqandda UNESCO Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda 14-UNESCO Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir “Iqlim harakati va uning ijtimoiy taʼsiri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusiga bag‘ishlangan. Forumga 140 dan ortiq mamlakatdan yosh yetakchilar, ekspertlar va rasmiy delegatlar tashrif buyurgan.

“Salom, O‘zbekiston!”: Samarqandda UNESCO Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Kecha, 27 oktyabr kuni Samarqand shahrida “Iqlim harakati va uning ijtimoiy taʼsiri, ayniqsa yoshlar uchun” mavzusida 14-UNESCO Yoshlar Forumi boshlandi. Bu haqida tadbirda ishtirok etayotgan “Zamon.uz” muxbiri xabar bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, tadbirda ishtirok etish uchun dunyoning 100 dan ortiq davlatidan kelgan 150 nafar yosh yetakchi, ekspert va xalqaro tashkilotlar vakillari o‘zaro fikr almashishi ko‘zda tutilgan.

 

Forumning ochilish marosimida UNESCO Bosh direktorining ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha yordamchisi Lidiya Brito, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti mudiri o‘rinbosari Elmurod Najimov, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bosh direktori Alisher Saʼdullayev va boshqalar so‘zga chiqib, iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar bugun global masalaga aylanib, dunyodagi barcha mamlakatlar hukumatini o‘ylantirayotgani, ekologik inqiroz ko‘plab halokatlarga sabab bo‘layotganini taʼkidladi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi UNESCOning taʼlim, fan va madaniyat sohalari bilan bir qatorda ekologik masalalar bo‘yicha chaqiriq va daʼvatlarni ham qo‘llab-quvvatlab, bu borada qatʼiy pozisiyasini namoyon etib kelmoqda. Buni 2025 yilning yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili” deb nomlangani misolida ham ko‘rish mumkin. Yil nomidan kelib chiqib tasdiqlangan davlat dasturi asosida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Joriy yil boshida Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ilk bor Orol madaniyati sammiti o‘tkazildi, dunyoning turli davlatlaridan yoshlarni birlashtirgan “Orol maktabi” taʼlim dasturi ishga tushirildi. Bu kabi tadbirlar orqali biz barqaror rivojlanishga to‘siq bo‘ladigan ekologik muammolarning oldini olish va ularning taʼsirini yumshatishga erishayapmiz”, dedi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti mudiri o‘rinbosari Elmurod Najimov.

 

“Generation of Acion” (aksiyani boshlash) shiori ostida o‘tkazilgan ochilish marosimida turli davlatlar vakillari iqlim o‘zgarishlarining oldini olish va ekologik muammolarning yechimlari bo‘yicha tashabbus va g‘oyalarini ilgari surdilar, innovatsion yechimlar taklif etildi.

 

Forumda muhokama qilinadigan masalalar va tashabbuslar UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi tadbirlarida eʼtiborga olinadi.

 

Bugun, 28 oktyabr kuni forumning ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirokchilar forum davomida ishlab chiqilgan iqlim bo‘yicha tavsiyalarni qabul qiladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Salom, O‘zbekiston!”: Samarqandda UNESCO Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda | Zamon.uz