Jahon

Tojikistonda katta muzlik parchalanib ketdi

Uning uzunligi taxminan 2 kilometr, balandligi 25 metr.

Tojikistonda katta muzlik parchalanib ketdi

Tojikistonda Ismoil Somoniy tizmasida joylashgan yirik muzlikning bir qismi asosiy muzlikdan ajralib, dara bo‘ylab pastga tomon siljib tushdi. Hodisa joriy yilning 25 oktyabr kuni soat 11:00 atrofida Tojikobod tumanidagi Kalai Labi Ob qishloq jamoatiga qarashli Saftab qishlog‘ida qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ajralgan muzlikning uzunligi taxminan 2 kilometr, balandligi 25 metr, kengligi esa 150–200 metrni tashkil etgan. Muzlikning siljishi aholi va infratuzilmaga zarar yetkazmagan, hodisa oqibatlarisiz yakunlangan.

 

Mutaxassislar mazkur hodisani iqlim o‘zgarishi va havo haroratining barqaror o‘sishi bilan bog‘layapti. Odatda bunday muz ko‘chkilari Hindiston va Nepalning baland Himolay mintaqalarida kuzatilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo tog‘ muzliklarida ham bunday jarayonlar tez-tez qayd etilmoqda.

 

Glyatsiologlarning taʼkidlashicha, yaqin kunlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilsa, muzlikning yana bir qismi ajralishi ehtimoli bor. Bunday holat Qasa-i-Nabi qishlog‘i yaqinidagi Gulrez jamoatida joylashgan fermer xo‘jaliklariga xavf tug‘dirishi mumkin.

 

Mutaxassislar aytishicha, ushbu muzlik to‘liq erib ketgan taqdirda taxminan 7–8 million kub metr suv hosil bo‘ladi. Biroq bu jarayon bir vaqtning o‘zida keskin suv toshqiniga aylanishi kutilmayapti.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tojikistonda katta muzlik parchalanib ketdi | Zamon.uz