Toshkentda avtomobillar ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qoldi
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olganlar yo‘q.

26-oktyabr kuni soat 16:30 larda Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Haydovchi, 2002-yilda tug‘ilgan X.A., CHAKMAN rusumli yuk avtomobilini boshqarar ekan, trellarga ortilgan mashinalarning bir qismi bilan tunel ostidagi elektron monitorning pastki qismini urib, tonnelda tiqilib qoldi.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.








