Jahon

Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila: 22 kishi jarohatlandi

Erdo‘g‘an zilzila oqibatlarini bartaraf etish jarayonini shaxsan nazoratga oldi.

Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila: 22 kishi jarohatlandi

Turkiyaning Balikesir viloyatiga qarashli Sindirgi shahrida 27-oktabr kuni 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi — AFAD xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila markazi yer yuzasidan 6 kilometr chuqurlikda joylashgan. Kuchli silkinish oqibatida uchta bino va bir nechta savdo do‘konlari qulab tushgan. Hodisa 28-oktabr kuni tongda (Toshkent vaqti bilan soat 00:48 da) qayd etilgan.

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hodisadan so‘ng barcha tegishli xizmatlar, jumladan, AFAD tomonidan qutqaruv va nazorat ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Biz jarayonni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Mutaxassislar jabrlangan hududlarda faoliyat yuritmoqda”, — dedi Erdo‘g‘an o‘zining X (Twitter) sahifasida.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Balikesir viloyatida 6,1 magnitudali zilziladan so‘ng 102 ta takroriy silkinish (aftershok) qayd etilgan. Ulardan eng kuchlisining magnitudasi 4,3 ni tashkil etgan.

 

Zilzila oqibatida 22 kishi tan jarohati olgan, ularning 18 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan. Favqulodda xizmatlar ayni damda zarar ko‘lamini baholash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila: 22 kishi jarohatlandi | Zamon.uz