O'zbekiston

194 ta mamlakatdan tashrif, 150 dan ortiq tadbir: Samarqandda tarixiy anjuman boshlanmoqda

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi ilk bor Parijdan tashqarida — Samarqandda o‘tkazilmoqda. 15 kun davom etadigan ushbu xalqaro tadbir dasturi nimalardan iborat?

194 ta mamlakatdan tashrif, 150 dan ortiq tadbir: Samarqandda tarixiy anjuman boshlanmoqda

Ertaga, 30-oktyabr kuni Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yig'ilishlari boshlanadi. Ayni paytda Samarqand ushbu nufuzli xalqaro tadbirga deyarli tayyor. Konferensiyani yuqori darajada tashkil etish, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida hatto xorijdan ham xodimlari ham jalb etilgan.

 

Shuni alohida ta'kidlash kerak, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi so‘nggi qirq yil ichida ilk bor Parijdan tashqarida boshqa shaharda, 30 oktyabr - 13 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

 

Yirik tadbirda dunyoning 194 ta mamlakatidan prezidentlar, hukumat rahbarlari, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalari ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, anjumanda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari jam bo‘ladi.

 

Bugun ertalab tadbirda ishtirok etish uchun tashkilot Bosh direktori Odri Azule xonim va konferensiya ishtirokchilari “Parij - Samarqand” charter reysi bilan bugun tongda Samarqand shahriga keldi.

 

2017 yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilgan Odri Azule uchun mazkur sessiya uning YUNESKO Bosh direktori sifatida qatnashgan so‘nggi sessiyasi bo‘ladi. Samarqandda YUNESKOning yangi bosh direktori rasman ishga kirishadi. Bu vazifaga yaqinda tashkilot Ijroiya qo‘mitasining 222-sessiyasida o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqqan misrlik 54 yoshli Xolid Al-Ananiy tasdiqlanadi.

 

Konferensiya dasturi doirasida 150 dan ortiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, Registon majmuasida katta konsert tashkil etiladi.

 

O‘z navbatida madaniy meros yo‘nalishida xalqaro muzey konferensiyasi, yoshlar forumi, Mirzo Ulug‘bek va amaliy sanʼatga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tayyorlanmoqda.

 

Konferensiya yakunida “Samarqand deklaratsiyasi” qabul qilinishi, unda inson kapitaliga sarmoya kiritish, madaniy xilma-xillikni asrash, barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shish va ilm-fan orqali tinchlikni mustahkamlash kabi g‘oyalar o‘z ifodasini topishi kutilmoqda.

 

Umuman olganda, Samarqand sessiyasi YUNESKO va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi va mamlakatning global miqyosdagi nufuzini oshiradi. Jarayonlarni Zamon.uz'da kuzatib boring.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

194 ta mamlakatdan tashrif, 150 dan ortiq tadbir: Samarqandda tarixiy anjuman boshlanmoqda | Zamon.uz