2026-yildan banklar faoliyatiga yangi talablar joriy etiladi
Endi davlat nafaqalari hisobidan qarz undirish taqiqlanadi.

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini kuchliroq himoya qilish va banklar faoliyatini yanada shaffof qilish maqsadida qator muhim qoidalar joriy etildi. Yangi normalar 2026-yil 29-yanvardan kuchga kiradi.
Asosiy o‘zgartirishlar quyidagilardan iborat:
- yangi standartlashtirilgan chek-list joriy etiladi, mijozlar kredit olishdan oldin barcha risk va majburiyatlardan xabardor bo‘ladilar
- kredit to‘lovlarini kechiktirgan fuqarolar uchun shartnomani o‘zgartirish va yengillik berish tartibi belgilanadi
- banklarga fuqarolarni ortiqcha qarzga undamaslik, davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmaslik to‘g‘risida qat'iy talablar qo‘yildi
- mijoz roziligisiz oldindan belgilangan belgilar yoki kredit parametrlarini kiritish man etildi
- omonatlarni kafolatlash tizimi to‘g‘risida aniq va standart ma'lumot berish majburiyati joriy etildi
Ushbu yangiliklar bank xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan.








