Erdo‘g‘an: Biz birgalikda mintaqaning yetakchisi, kuchli va farovon Turkiya quramiz
Turkiya prezidenti Respublikaning 102 yilligi munosabati bilan qilgan nutqida milliy birlik va mustaqillikning ahamiyatini ta’kidladi.

Turkiya Respublikasining 102 yilligi munosabati bilan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘gan mamlakatning yangi taraqqiyot maqsadlari va yutuqlariga bag‘ishlangan muhim bayonot bilan chiqdi. Prezident o‘z bayonotida Turkiya Respublikasini "turk xalqining ozodlik va mustaqillik uchun kurashidagi so‘nggi mustahkam poydevor" deb ta'rifladi.
Erdo‘gan 86 million turk fuqarolari, Qibris turklari va chet eldagi hammillatlarini Respublika kuni bilan tabriklab, bu kunni sharafli turk tarixining eng yuqori cho‘qqilaridan biri deb baholadi. U turk xalqining mustaqillik va milliy suverenitet idealini amalga oshirgan mazkur tantanali kun Turkiya, xalq va butun insoniyatga foyda keltirishini orzu qildi.
Prezident Mustafo Kamol Otaturk, Buyuk Millat Majlisi a'zolari va barcha milliy qahramonlarning xotirasiga minnatdorchilik bildirib, ularning qonlari va hayotlari bilan bu yerlatni Vatan qilganliklarini ta'kidladi.
Erdo‘gan "Turkiya asri" maqsadlari doirasida mamlakatning mudofaa sanoatidan iqtisodiyot, ta'lim, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika va tashqi siyosatgacha bo‘lgan barcha sohalarda yangi bosqichga ko‘tarilayotganini aytdi. 2023-yil 6-fevraldagi halokatli zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini va vayronagarchilikdan jabrlanganlarga yil oxirigacha 453 ming ta xavfsiz uy taqdim etilishi rejalashtirilganligini ma'lum qildi.
Turkiya terrorga qarshi kurashda muhim yutuqlarga erishayotganini ta'kidlab, milliy birlik va birdamlikka tahdid solayotgan har qanday shubhali rejalarni bartaraf etishda davom etishini aytdi. Prezident Falastin, G'azo va boshqa inqirozli hududlarda tinchlik yo‘lini ochish uchun vositachilik, diplomatik va gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa'y-harakatlarini davom ettirishini ma'lum qildi.
Erdo‘gan Turkiyaning mintaqada yetakchi, dunyoda esa kuchli va farovon davlat sifatida shakllantirilishida davom etilishini ta'kidlab, "Xudoning yordami bilan biz Turkiyani mintaqa yetakchisi, dunyoda hurmatga sazovor, buyuk, kuchli va farovon davlat qilib quramiz" dedi.
Prezident bayonotini milliy qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab, barcha fuqarolar, do‘stlar va mehmonlarni Respublika kuni bilan chin qalbdan tabrikladi.







