O'zbekiston

“Men juda katta xato qilganman, chunki O‘zbekistonga ilgari hech qachon kelmaganman”

Serbiya Prezidenti Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

“Men juda katta xato qilganman, chunki O‘zbekistonga ilgari hech qachon kelmaganman”

Bugun, 29 oktyabr kuni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi Tamara Vuchich hamrohligida Toshkent shahrida barpo etilgan, Islom meʼmorchiligining haqiqiy durdonasi va O‘zbekistonning Uchinchi Renessans davri timsoli sanalgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

 

Oliy martabali mehmonga markaz rahbariyati va olimlar hamrohlik qilib, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan ushbu ulkan meʼmoriy majmua hamda uning jahon ilm-fani va islom olamidagi o‘rni haqida batafsil maʼlumot berishdi. Qadimiy meʼmoriy anʼanalar va milliy bezaklar uyg‘unligida qurilgan, to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz barpo etilgan bu inshootning mahobati mehmonlarni o‘ziga rom etdi.

 

Prezident Aleksandr Vuchich markazning buyuk ajdodlar galereyasi, Islomdan oldingi davr, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans, Yangi O‘zbekiston ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Serbiya davlat rahbariga zamonaviy shaharsozlik sharoitida bunday meʼmoriy yodgorliklarning ahamiyati, Markazning maqsad va vazifalari haqida ham atroflicha maʼlumot berildi. Prezident Aleksandr Vuchich markazdagi ekspozitsiyalar bilan tanishib, xalqimizning boy tarixiy va maʼnaviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan bunday ishlar yuksak samara berishiga ishonch bildirdi.

 

“Men sizning Prezidentingizni va mamlakatingizni ana shunday muhtasham majmua ishga tushayotgani bilan tabriklamoqchiman. Avvalo bizga ushbu muhtasham markaz bilan yaqindan tanishish imkoni berilgani uchun minnatdorlik bildiraman.  Bu yirik ilmiy-maʼrifiy markaz nafaqat xorijdan kelgan mehmonlar uchun, balki yosh avlod vakillari uchun  ham juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular bu markaz orqali  o‘zbek xalqi madaniyati va  tarixi bilan tanisha oladilar. Shuning uchun men bugun juda ko‘p narsani o‘rgandim deb o‘ylayman va albatta bu yerga yana qaytaman. Chunki Islom sivilizatsiyasi markazi nihoyatda zamonaviy va ajoyib usulda bunyod etilgan. Men bunga o‘xshash markazni avval hech qayerda  ko‘rmaganman. Men serbiyalik barcha vatandoshlarimga shunday degan bo‘lardim: “Azizlarim, men juda katta xato qilganman, chunki O‘zbekistonga  ilgari hech qachon kelmaganman. Iltimos, imkon qadar tezroq bu yurtni ko‘rish uchun kelinglar”- dedi Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Men juda katta xato qilganman, chunki O‘zbekistonga ilgari hech qachon kelmaganman” | Zamon.uz