O'zbekiston

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yashil energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasi qaysi bosqichda?

O‘zbekiston Kaspiy dengiz orqali Yevropa davlatlariga qancha miqdorda va necha puldan “yashil energiya”ni eksport qilishi hali aniq emas. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov ZAMON.UZ muxbirining shu loyiha haqidagi savoliga javob berdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yashil energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasi qaysi bosqichda?

“Hozirda biz dastlabki texnik iqtisodiy asosi (TEO) ishlab chiqyapmiz, texnik konsultantlar olingan. Albatta qancha quvvat ishlab chiqilish va necha pulga sotilishi TEOsi tayyor bo‘lgandan keyingina aniqlanadi”, — dedi vazir.

 

Uning aytishicha, mazkur loyiha doirasida Kaspiy dengizga yaqin bo‘lgan Qoraqalpog‘iston hududida yangi generatsiya quvvatlarini saqlash uchun tizimlari barpo etiladi.

 

O‘tgan yilning avgust oyida Ozarbayjonda bo‘lgan COP29 doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mazkur loyihasining texnik-iqtisodiy tadqiqotini tayyorlash uchun Italiyaning CESI kompaniyasi tanlangan edi.

 

Shuningdek, 2024 yilning avgust oyida Qozog‘istonda Ozarbayjon va Markaziy Osiyo energetika vazirlarining yig‘ilishida Yevropaga yashil energiya eksport qilish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib olgan edilar. Loyihaning vakolatxonasi Bokuda barpo etilishi maʼlum qilingan edi.

 

Mirzamaxmudov Ozarbayjonning “Report” nashriga bergan intervyusida qayta tiklanadigan energiyaning umumiy quvvatini 4 GVt ga, 20230 yilga borib esa, 20 GVt dan oshishini aytgan edi.

 

“Biz Qora dengiz bo‘ylab Ruminiya va Vengriyaga 2 dan 5 GVt gacha energiya yetkazib berishga tayyormiz”, — dedi u.

 

Bu qanday loyiha?

 

Mazkur loyiha 2020 yil o‘rtalarida quyosh, shamol va suvdan ajratib olingan energiyani Yevropaga eksport qilish imkoniyatini o‘rganishdan boshlangan edi. Shundan so‘ng, vazirlar o‘rtasida bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi.

 

2024 yil 18 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida COP29 doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlari rahbarlari ishtirokida yashil energiyani rivojlantirish va uzatish bo‘yicha strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

 

Shartnomaga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiyalarni Yevropa bozorlariga eksport qilish uchun Kaspiy ostidan toza kabelini birga qurish va uni Qora dengiz tubidan o‘tuvchi boshqa kabel liniyasiga ulanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yashil energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasi qaysi bosqichda? | Zamon.uz